Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mikel Arteta Gari Nevillga «Arsenal»ning «eng yaxshi muxlisi» deb yozilgan futbolkani sovg‘a qildi (foto)

Mikel Arteta Gari Nevillga «Arsenal»ning «eng yaxshi muxlisi» deb yozilgan futbolkani sovg‘a qildi (foto)

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta va klub hamkori Josh Kronke «Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevillga «kanonirlar» futbolkasini topshirdi. Futbolka orqasida «Bizning eng yaxshi muxlisimiz» deb yozilgan.

O‘tgan mavsumda «Arsenal» 22 yil ichida ilk bor APL chempioni bo‘ldi. Avvalroq London klubi muxlislari Nevillni fevral oyida «Arsenal»ning asosiy raqibi bo‘lgan «Manchester Siti»ning «Liverpul» ustidan qozongan g‘alabasidan (2:1) xursand bo‘lgani uchun keskin tanqid qilgan edi.

Arteta ushbu sovg‘ani Nevillga topshirish jarayonini shunday izohladi: «Gari bir necha hafta oldin shu yerda [mashg‘ulot bazasida] bo‘lgandi, biz birga vaqt o‘tkazdik, qahva ichib, juda yaxshi suhbatlashdik. Men unga: «Agar biz chempion bo‘lsak, iltimos, shuni kiyib ol», degandim. U «ha» demadi, bu mening taklifim edi va shuning o‘zi yetarli».

Nevill esa Artetaga shunday javob berdi: «Katta rahmat, men uni ramkaga solib qo‘yaman, u mening uyimda osilib turadi. Rahmat, sen bunga [chempionlikka] loyiqsan».

Kiritildi: 13:34, 28.05.2026.
O'qildi: 505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик