«Inter» prezidenti Juzeppe Marotta himoyachi Alessandro Bastoni atrofidagi xabarlarga to‘xtaldi. Avvalroq, Bastoni yaqin haftalarda Madrid klubi boshqaruvini qo‘lga olishi kutilayotgan Joze Mourinyu qo‘l ostiga o‘tishga rozilik bergani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
«Menimcha, muxlislarimiz Bastoni borasida xotirjam bo‘lishlari mumkin. U hech qachon jamoadan ketishni so‘ramagan, bu yerda juda baxtli. Biz futbolchilarini sotadigan klub emasmiz. Bastoni biz bilan qoladi deb hisoblayman», — deya Marottaning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.
27 yoshli Alessandro Bastonining transfer narxi Transfermarkt portali tomonidan 70 million yevroga baholanmoqda.













