Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh 2-0 Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya - Marokash
20/06 05:30 Braziliya - Gaiti
20/06 08:00 Turkiya - Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya - Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador - Kyurasao
21/06 09:00 Tunis - Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron

Kichik Anchelotti fransuz klubi bosh murabbiyiga aylanadi

Kichik Anchelotti fransuz klubi bosh murabbiyiga aylanadi

Baho:
+ | -

Davide Anchelotti Fransiyaning «Lill» klubi yangi bosh murabbiyi bo‘ladi. Marca nashri xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishib bo‘lishgan. Endi faqat klubning amaldagi murabbiyi Bruno Jenezio ketgani haqidagi rasmiy bayonotni kutish qoldi.

Karlo Anchelottining o‘g‘li 2021 yildan 2025 yilgacha «Real»da otasiga yordamchi murabbiylik qilgan edi. Shundan so‘ng u Braziliyaning «Botafogo» klubida bosh murabbiy sifatida ishladi va bir vaqtning o‘zida Braziliya terma jamoasida ham otasining shtabida faoliyat yuritdi. Endi esa Davide yana Yevropa futboliga qaytmoqda.

«Lill» yakunlangan mavsumni Fransiya chempionatida «PSJ» va «Lans»dan keyin uchinchi o‘rinda yakunladi. Ta’kidlash joizki, «Lill» so‘nggi yillarda «PSJ»ning gegemoniyasini to‘xtata olgan yagona klub bo‘lib, 2020/21 yilgi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 15:40, 28.05.2026.
O'qildi: 1376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик