Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/06 01:00 Angliya 4-2 Xorvatiya
18/06 04:00 Gana 1-0 Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston 1-3 Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya 1-1 JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina
19/06 03:00 Kanada - Qatar
19/06 05:00 Meksika - Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh - Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya - Marokash
20/06 05:30 Braziliya - Gaiti
20/06 08:00 Turkiya - Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya

«Barselona» Aleks Remiro transferini ko‘rib chiqmoqda

«Barselona» Aleks Remiro transferini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

«Real Sosyedad» yozda o‘z darvozaboni Aleks Remironi sotishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda. 2027 yilgacha amal qiladigan shartnomaga ega 31 yoshli posbon klub rahbariyatiga jamoani o‘zgartirish istagi borligini bildirgan. Agar klubga 8–10 million yevro atrofida taklif tushsa, ular futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

Remiro «Barselona»ning e’tibor markazida qolmoqda. Xansi Flik uning tajribasi, ishonchliligi va oyoq bilan yaxshi o‘ynay olishini yuqori baholaydi. Sport direktori Deku allaqachon muzokaralar boshlashga harakat qilgan, biroq hozircha kataloniyaliklar ushbu transferni amalga oshira olmaydi. «Barselona»ning ustuvor vazifasi — dastlab darvozabonlar chizig‘ini bo‘shatish. Klub Mark-Andre ter Shtegen va Inyaki Penyani sotish uchun imkoniyatlar izlamoqda. Bu masalalar hal bo‘lmagunicha, «Barsa»ning moliyaviy imkoniyatlari cheklangan.

Remiro shoshilmayapti, ammo «Barselona»ni o‘z varianti sifatida ustuvor deb hisoblamoqda. Kataloniyaliklardan tashqari, unga Angliyaning «Aston Villa» va «Kristal Pelas», shuningdek, Italiya, Germaniya klublari va La Liganing boshqa jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 19:20, 28.05.2026.
O'qildi: 1380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик