«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon «Barselona»ga o‘tishini rasmiylashtirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Avvalroq kataloniyaliklar 25 yoshli angliyalik futbolchi uchun 80 million yevro (69,3 million funt) va bonuslar taklif qilgani xabar qilingandi. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» va «Nyukasl» transferni bonuslarni hisobga olmaganda 70 million funt sterling evaziga kelishib olgan.
Bugun Mundo Deportivo nashri Gordonning «Barselona»ga o‘tishidan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun klinikaga kirib kelayotgan kadrlarini e’lon qildi.















