Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 03:00 Shotlandiya 0-3 Braziliya
25/06 03:00 Marokash 4-2 Gaiti
25/06 06:00 Chexiya 0-3 Meksika
25/06 06:00 JAR 1-0 Janubiy Koreya
26/06 01:00 Kyurasao 0-2 Kot-d'Ivuar
26/06 01:00 Ekvador 2-1 Germaniya
26/06 04:00 Yaponiya - Shvesiya
26/06 04:00 Tunis - Niderlandiya
26/06 07:00 Turkiya - AQSh
26/06 07:00 Paragvay - Avstraliya
26/06 23:59 Norvegiya - Fransiya
26/06 23:59 Senegal - Iroq
27/06 05:00 Urugvay - Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde - Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr - Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya - Belgiya

Mikel Arteta «Arsenal»ning o‘yin uslubi haqidagi tanqidlarga javob berdi

Mikel Arteta «Arsenal»ning o‘yin uslubi haqidagi tanqidlarga javob berdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining o‘yin uslubiga qaratilgan tanqidlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Chempionlar ligasi yarim finalida «Atletiko» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin sizni haddan tashqari ko‘p himoyalanishda ayblashdi. Bunday tanqidlarga qanday qaraysiz?

— Men har qanday fikrga hurmat bilan qarayman. Ular bilan nima qilishni o‘zingiz hal qilishingiz kerak: ularga ahamiyat berish, e’tiborsiz qoldirish, xotira sifatida saqlash, yo‘q qilish yoki o‘z foydangizga ishlatish... Bu yerda hammasi bor. Mening ishim shundan iboratki, agar g‘alaba qozonish uchun bizga nimadir yetishmayotgan bo‘lsa, men bundan qoniqish hosil qila olmayman. Mening vazifam – g‘alabaga erishishning turli yo‘llarini izlash, innovasiyalar yaratish, avvalgilaridan farq qiladigan yondashuvlarni topish. Hozirgacha aynan shuni qilib kelyapmiz.

— Raqiblaringizning past blokda himoyalanishiga qarshi kurashish uchun yangi yo‘llar izladingizmi?

— Jarohatlarni hisobga olsak, har bir narsaning o‘z vaqti bor. Agar men jarohatlar haqidagi ma’lumotlarni kompyuterga kiritib, «Premyer-ligada g‘alaba qozonish imkoniyatlarimiz qanday?» deb so‘raganimda, menga 2 foizlik imkoniyat berishgan bo‘lardi. Ammo men taslim bo‘lmoqchi emasdim. Biz o‘tkazgan 60 dan ortiq o‘yinda raqobatbardosh bo‘lishimiz uchun bor imkoniyatlarimizdan va sifatlarimizdan foydalanib, boshqa yo‘llarni izlashga majbur bo‘ldik, — dedi Arteta.

Kiritildi: 19:42, 28.05.2026.
O'qildi: 952 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик