«Arsenal» himoyachisi Rikkardo Kalafyori jamoaning Premyer-liga chempionligini qanday nishonlagani haqida gapirib berdi.
«Kanonirlar» rasman 19 may kuni, ya’ni APLning 37-turida ta’qibchisi «Manchester Siti» «Bornmut» bilan durang (1:1) o‘ynaganidan so‘ng chempionlikni rasmiylashtirib olgan edi.
«Premyer-ligada g‘olib chiqish bolalikdagi orzularimdan biri edi. Mavsum qanday kechganini hisobga olsak, bu shunchaki aql bovar qilmas voqea bo‘ldi.
Eng yaxshi lahza — «Bornmut» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi o‘yinning final hushtagi chalingan vaqt edi. Biz hammamiz: xodimlar, o‘yinchilar shodlikdan portladik. Biz birga edik va bir-birimizga eng yaxshi tilaklarni tiladik.
Biz yengil tin oldik. Klubda 22 yil davomida chempionlik bo‘lmagandi. Shahar bo‘ylab yurar ekanman, bu muxlislar va odamlar uchun qanchalik muhim ekanini anglab yetdim», — dedi Kalafyori La Repubblica nashriga bergan intervyusida.













