Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) «Santos» hujumchisi Neymarning 12 iyunga qadar to‘liq sog‘ayib ketishiga umid qilmoqda, deya xabar beradi ESPN. Avvalroq futbolchi boldir mushagidagi jarohatdan so‘ng reabilitasiya jarayonini o‘tayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Manbaga ko‘ra, agar Braziliya terma jamoasining guruh bosqichi 1-turi doirasida Marokashga qarshi o‘yini (14 iyun) arafasida Neymar sport formasini tiklab olsa, u tarkibda qoldiriladi. Aks holda, 34 yoshli hujumchini terma jamoa qaydnomasidan chiqarib yuborish xavfi ortadi.
Hozirgi vaqtda CBF Neymarni tarkibdan chiqarib tashlashni istamayapti. Futbolchi Jahon chempionati startiga qadar safga qaytish maqsadida belgilangan tibbiy davolanish protokoliga amal qiladi.













