"Real" vingeri Franko Mastantuono Argentina terma jamoasining 54 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan edi.
TyC Sports ma’lumotlariga ko‘ra, bosh murabbiy Lionel Skaloni 18 yoshli futbolchini AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan turnirga olib ketmaslikka qaror qildi. Buning sabablari "sof sportga oid" bo‘lib, ular madridliklar tarkibida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega emasligi bilan bog‘liq.
Argentinaning yakuniy tarkibi juma kuni e’lon qilinishi kerak.
Joriy mavsumda Mastantuono La Ligada 23 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.













