Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Rossiya terma jamoasi Qohirada Misrga yutqazdi (videosharh)

Rossiya terma jamoasi Qohirada Misrga yutqazdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Rossiya terma jamoasi Qohirada o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Misr terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 65-daqiqada misrlik yarim himoyachi Mostafa Ziko tomonidan kiritildi. 

Bu Rossiya terma jamoasining 2026 yildagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, mart oyida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda jamoa Nikaragua ustidan g‘alaba qozongan (3:1) va Mali bilan durang (0:0) o‘ynagan edi.

Iyun oyida terma jamoa yana ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi rejalashtirilgan. 5 iyun kuni Volgogradda Burkina-Fasoga qarshi, 9 iyun kuni esa Kaliningradda Trinidad va Tobago terma jamoalariga qarshi bahs olib boriladi.

Ta’kidlash joizki, Misr terma jamoasi JCH-2026 ishtirokchisi hisoblanadi. Ular mundialning «G» guruhidan joy olgan bo‘lib, Belgiya, Yangi Zelandiya va Eron terma jamoalari bilan raqobatlashadi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:31, 29.05.2026.
O'qildi: 643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик