Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«Real» sobiq hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

«Real» sobiq hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«COPE» xabariga ko‘ra, «Real» yozgi transferlar oynasida o‘tgan yili «Osasuna»ga o‘tib ketgan hujumchisi Viktor Munyosni ortga qaytarishi mumkin.

Manbaning ma’lum qilishicha, madridliklar klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 22 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ushbu ko‘rsatkichlari bilan u «Real» e’tiborini o‘ziga tortdi.

Futbolchining «Osasuna» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. «Transfermarkt» portali uning transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 07:45, 29.05.2026.
O'qildi: 1419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик