«Real» prezidenti Florentino Peres «Negreyra ishi» yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va uning rahbariyati Ispaniya futbol federasiyasi (RFEF) huzuridagi Hakamlar texnik qo‘mitasining (CTA) sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pora berganlikda ayblanmoqda.
«Men buni oxirigacha yetkazaman. Kimki meni bularni unutdi deb o‘ylasa, qattiq adashadi. Men masalani oxirigacha hal qilaman.
Men Chempionlar ligasi finalida bo‘laman, chunki meni UYEFA prezidenti [Aleksander Cheferin] taklif qilgan. Saylov kampaniyasi yakunlangach, men unga uch yil davomida ustida ishlagan hujjatlar yig‘masini taqdim etaman. U tarixdagi eng yirik korrupsiya ishi bilan tanishib chiqishi kerak. «Real»ning omadi borki, men unga rahbarlik qilyapman, bu borada hech qanday shubhangiz bo‘lmasin», — dedi Peres «TVE» efirida.













