Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko» Xulian Alvares atrofidagi shov-shuvlarga munosabat bildirdi

«Atletiko» Xulian Alvares atrofidagi shov-shuvlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» klubi Xulian Alvaresning «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Avvalroq, kataloniyaliklar yozgi transferlar oynasida hujumchini tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«U sotilmaydi. Klub o‘yinchi bo‘yicha hech qanday taklif olmagan va hech qanday uchrashuvlar o‘tkazmagan.

Biz ko‘p oylar davomida davom etayotgan yolg‘on, chala haqiqatlar va to‘qima hikoyalardan charchadik. Masalan, [Alvaresning] Barselonadan uy sotib olgani yoki o‘yinchilarimizga berilayotgan bema’ni savollar kabi.

Bunda o‘yinchining aybi yo‘q. Xulian o‘zini bekamu-ko‘st tutmoqda, muammo tashqi omillarda», — deya ma’lum qildi Madrid klubidagi manbalar.

Kiritildi: 08:11, 29.05.2026.
O'qildi: 1035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик