«Barselona» klubi o‘z tarkibidagi 20 yoshli hujumchi Runi Bardji bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, shvesiyalik futbolchi kataloniyaliklar safida o‘yin amaliyoti yetishmayotganidan norozi va yozda klubni tark etishga qaror qilgan. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik ham futbolchining ketishiga qarshi emasligini bildirgan. Ta’kidlanishicha, Bardji faoliyatini to‘laqonli transfer emas, balki ijara asosida boshqa jamoada davom ettirish istagida.
Runi Bardji «Barselona»ga 2025 yilning iyulida kelib qo‘shilgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Futbolchi joriy mavsumda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.













