Madridning "Atletiko" klubi o‘z hujumchisi Xulian Alvaresni "Barselona"ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda. Kataloniyaliklar argentinalik futbolchini qo‘lga kiritishda asosiy da’vogar bo‘lib turibdi, shuningdek, mish-mishlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham faoliyatini "Barsa"da davom ettirish istagida.
Jurnalist Ashraf ben Ayadning ma’lum qilishicha, "matraschilar" agar futbolchi bilan xayrlashish zarurati tug‘ilsa, uni birinchi navbatda xorij chempionati vakiliga sotishni ma’qul ko‘rishadi. Madrid klubi o‘z yulduzini ichki chempionatdagi raqobatchisiga berishni istamayapti.
Hozircha Alvaresning "Barselona"ga o‘tish taqdiri futbolchining qat’iyati va "ko‘k-anorranglilar"ning transfer uchun qanchalik katta mablag‘ taklif qilishiga bog‘liq bo‘lib turibdi. Xulianga "PSJ" va "Arsenal" klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.













