Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dalot Kerrikning murabbiy sifatidagi asosiy ustunligini aytdi

Dalot Kerrikning murabbiy sifatidagi asosiy ustunligini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» qanot himoyachisi Diogu Dalot bosh murabbiy Maykl Kerrikning ishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Angliyalik mutaxassis «qizil iblislar»ni yanvar oyida qabul qilib oldi va mavsumning ikkinchi qismini muvaffaqiyatli o‘tkazdi: jamoa uchinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

«Manchester Yunayted»da futbolchi sifatida o‘ynaganlik tajribasi Kerrikka katta ustunlik beradi – u bu yerda o‘ynash qanday ekanini juda yaxshi tushunadi. Shuningdek, uning o‘zini xuddi uyida yurgandek his qilishi, klubni va u yerda ishlaydigan insonlarni juda yaxshi bilishi ham muhim. U ajoyib futbolchi bo‘lgan, endi esa yaxshi murabbiylik karyerasini qurmoqda», – dedi Dalot CazeTV bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Karrikning muvaffaqiyatli ishi munosib baholanib, u bilan tuzilgan shartnoma 2028 yilgacha uzaytirildi.

Kiritildi: 11:09, 29.05.2026.
O'qildi: 327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик