Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«Bavariya» Vlaxovich bilan bog‘landi

«Bavariya» Vlaxovich bilan bog‘landi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi «Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovichga bo‘lgan qiziqishni qayta tikladi. Katta ehtimol bilan, 26 yoshli futbolchi bir oydan so‘ng yakuniga yetadigan «keksa sinyora» bilan shartnomasini uzaytirmaydi.

Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, «Bavariya» allaqachon Vlaxovich bilan aloqaga chiqqan va uni erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Myunxenliklar serbiyalik hujumchida Xarri Keyn uchun ishonchli o‘rinbosarni ko‘rishmoqda.

Dushan Vlaxovich uchun da’vogarlar orasida «Nyukasl» va «Napoli» klublari ham bor. Eslatib o‘tamiz, ushbu forvard o‘tgan mavsumda «Yuventus» safida barcha turnirlarda 23 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U 2022 yil boshidan buyon «byankoneri» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 11:15, 29.05.2026.
O'qildi: 261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик