«Oltin to‘p» sohibi Rikardo Kaka Braziliya terma jamoasining tarkibi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z davrida milliy jamoadan joy olish uchun raqobat o‘ta yuqori bo‘lgan.
«Hamma juda kuchli edi: Ronaldinyo, Rivaldo, «Fenomen» Ronaldo... Tarkibning bunday ko‘rinishida mening imkoniyatlarim kam edi. Boshqa tomondan, men ulardan minnatdorman – ulardan juda ko‘p narsani o‘rganishga ulgurdim!», – deya sobiq braziliyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi so‘nggi bor 2002 yilda Jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi va o‘shanda Kaka ham terma jamoa tarkibida bo‘lgan.













