Madridning «Atletiko» klubi sardori Koke o‘z jamoadoshi Xulian Alvaresning kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Mish-mishlarga ko‘ra, argentinalik hujumchi «matraschilar» safini tark etib, «Barselona»ga o‘tishni istamoqda.
«Xulian biz bilan ikki yildan buyon birga o‘ynamoqda, ammo u kelganidan beri odamlar doimo uning «Barselona»ga yoki boshqa biror joyga ketishi haqida gapirishadi. Hozirgi paytda u «Atletiko» futbolchisi bo‘lib qolmoqda. Uning shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan va unda juda katta tovon puli belgilangan», — deya Barca Universal nashri Kokening so‘zlarini keltiradi.
Avvalroq «Atletiko» Alvares uchun 150 million yevro atrofida mablag‘ talab qilishi haqida xabarlar tarqalgandi. 26 yoshli futbolchiga shuningdek, «Arsenal» va «PSJ» klublari ham qiziqish bildirmoqda.













