Ukraina milliy terma jamoasi va «Shaxtyor» himoyachisi Yefim Konoplya faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettiradi.
Futbolchining yangi ish joyi Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi bo‘ldi. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlar 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolashgan.
26 yoshli qanot himoyachisi «Shaxtyor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Konoplya Ukraina terma jamoasi safida 27 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol muallifi bo‘lgan. Germaniya chempionatining o‘tgan mavsumida Myonxengladbax jamoasi 38 ochko jamg‘arib, Bundesliga turnir jadvalida 12-o‘rinni egalladi.













