«Liverpul» afsonasi Jon Barns jamoa hujumchisi Muhammad Salohning ketishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Misrlik futbolchi bir klubdagi 9 yillik faoliyatidan so‘ng jamoani erkin agent sifatida tark etmoqda.
Barnsning fikricha, «Liverpul» Salohga o‘rinbosar topish uchun transfer bozoriga chiqishi shart emas.
«Muammoning yechimi shunchaki yangi o‘yinchilar sotib olishdan iborat emas, chunki ular bizda allaqachon mavjud. Agar kimdir kelsa, unda Isak, Ekitike va asosiy tarkibga intilayotgan Ngumoalarni nima qilamiz? Mening nazarimda, kimnidir sotib olishning hojati yo‘q, chunki bor imkoniyatlardan foydalanib ishlash kerak.
Biz to‘g‘ri balansni va to‘g‘ri kombinasiyani topishimiz zarur. «Vest Xem»ning quyi ligaga tushib ketgani sababli bizni Jarrod Bouen bilan bog‘lashmoqda, ammo mendagi mavjud futbolchilar yetarli deb hisoblayman. Ishonchim komil va ularning barchasi jipslashib, birgalikda ishlay olishadi», — deya Barnsning so‘zlarini keltiradi Betfred.
Yakunlangan mavsumda Muhammad Saloh 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













