«BBC» xabariga ko‘ra, «Arsenal» 2025/26 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi finaliga chiqqani uchun kamida 105,6 million yevro ishlab oldi. Manbaga ko‘ra, UYEFAdan olinadigan teleko‘rsatuv huquqlaridan keladigan daromadlarga qarab, bu summa 150 million yevrogacha yetishi mumkin.
«PSJ» ustidan qozonilgan g‘alaba taqdirda, ingliz jamoasi ushbu Chempionlar ligasi mavsumi uchun kamida 109,5 million yevro mukofot puli oladi — finaldagi g‘alaba esa qo‘shimcha mablag‘larni ham keltiradi.
«Arsenal» umumiy bosqichda ishtirok etgani uchun 18,62 million yevro oldi. Guruh bosqichidagi sakkizta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongani uchun jamoaga 16,8 million yevro miqdorida bonus to‘landi. Keyinchalik klubga birinchi sakkiztalikka kirgani uchun ikki million yevro va umumiy bosqich jadvalida birinchi o‘rinni egallagani uchun yana 9,9 million yevro hisoblandi.
Mikel Arteta shogirdlari nimchorak finalga chiqqani uchun 11 million yevro oldi. Chorak finalga chiqish uchun yana 12,5 million yevro, yarim final uchun esa 15 million yevro qo‘shib berildi. Finalist sifatida «Arsenal» allaqachon yana 18,5 million yevroni kafolatlab bo‘ldi. «PSJ» ustidan qozonilgan g‘alaba taqdirda bu summa 25 million yevrogacha o‘sadi.
«PSJ» va «Arsenal» o‘rtasidagi bahs 30 may kuni bo‘lib o‘tadi. Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.













