Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kazemiro Neymar haqidagi savolga keskin javob qaytardi

Kazemiro Neymar haqidagi savolga keskin javob qaytardi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro jurnalistning Neymar haqidagi navbatdagi savoliga keskin javob berdi. Kazemiro «Santos» hujumchisi haqidagi savollardan charchaganini bildirib o‘tdi.

«Biz har safar bu yerga kelganimizda, gapiradigan yagona mavzuimiz — Neymar, Neymar, Neymar... Menimcha, Neymar ham tarkibdagi boshqalar kabi oddiy futbolchi, u 26 nafar o‘yinchi orasidagi muhim futbolchi, xolos», — dedi Kazemiro ommaviy axborot vositalari vakillariga.

Avvalroq Neymar yana jarohat olgani sababli, Braziliya terma jamoasining mundial uchun qaydnomasidan chiqarib tashlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya terma jamoasi Marokash (14 iyun), Gaiti (20 iyun) va Shotlandiya (25 iyun) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:37, 29.05.2026.
O'qildi: 931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик