«Gremio» va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Veverton Pereyra da Silva AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionati uchun milliy jamoa tarkibiga kiritilgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu quvonch va shukronalikka to‘la juda alohida kechgan bir necha kun bo‘ldi. Men Xudoga va bunga erishishimga yordam bergan insonlarga juda minnatdorman. Har kuni futbolni shunchalik sevadigan va biz oltinchi chempionlikni qo‘lga kiritishga harakat qilayotganimizda bizni qo‘llab-quvvatlaydigan millat sharafini himoya qilib, tarixga kirish imkoniyati haqida o‘ylayman», — deya Vevertonning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatida «C» guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













