Madridning «Real» klubi sobiq yulduzi Ivan Elgera Joze Mourinyoning jamoaga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis 2010 yildan 2013 yilgacha jamoani boshqarib, bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi.
«Mourinyo fantastik murabbiy bo‘lgan. U buni ko‘p joylarda isbotlagan, ammo haqiqat shundaki, u ko‘p yillardan beri eng yuqori saviyada murabbiylik qilgani yo‘q. Bu meni xavotirga solmoqda.
Mourinyoning «Real»ga kelishi bilan hamma narsada qattiqqo‘llik qaytishi shart deb o‘ylamayman. Shunchaki jamoani yaxshi boshqarish kerak, xolos», — deydi Elgera.
Shuningdek, Elgera o‘z xohishi haqida gapirib, bosh murabbiy lavozimida Yurgen Kloppni ko‘rishni istashini qo‘shimcha qildi.













