«Barselona» vingeri Lamin Yamal Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasining imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Qizil furiya» mundialga Yevropaning amaldagi chempioni va turnirning asosiy favoritlaridan biri sifatida yo‘l olmoqda.
«Favorit maqomi hech narsani anglatmaydi – u maydonda sizga ustunlik yoki qo‘shimcha gollar bermaydi. Boshqa juda kuchli jamoalar ham bor: masalan, amaldagi chempion — Argentina, tarkibi dahshatli bo‘lgan Fransiya, Portugaliya va Angliya. Jahon chempionatida barcha yuz foiz kuch bilan o‘ynaydi», — dedi Yamal.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













