«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi Angliya Premyer-ligasi grandlarining e’tiborini tortmoqda.
BBC xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi uchun da’vogarlar safida «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Arsenal» va «Chelsi» klublari bor. «Giloslar» yosh iqtidor egasi bilan xayrlashishni istamayapti, shu sababli xaridorlarni cho‘chitib yuborish uchun unga 100 million funt sterling (115 million yevrodan ortiq) miqdoridagi ulkan narx belgiladi.
Eli Junior Krupi yakunlangan Angliya chempionatida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol muallifi bo‘ldi. Fransuz futbolchisining «Bornmut» bilan shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, uning Transfermarkt portalidagi bozor qiymati esa 40 million yevroni tashkil qiladi.













