Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«Monsa» A Seriyaga qaytdi

«Monsa» A Seriyaga qaytdi

Baho:
+ | -

«Monsa» bir yillik tanaffusdan so‘ng yana Italiya A Seriyasiga qaytdi. Paolo Byanko shogirdlari pley-off bosqichida «Katandzaro» bilan kechgan keskin kurashdan so‘ng elita yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Ikkinchi o‘yinda «Monsa» 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, birinchi o‘yindagi 2:0 hisobidagi g‘alaba ularga yordam berdi. Umumiy hisob teng bo‘lganligi sababli, «Monsa» chempionatda «Katandzaro»dan yuqoriroq o‘rinni egallagani uchun keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, «Monsa» tarixidagi eng yuqori natija 2022/2023 yilgi mavsumda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda jamoa A Seriyada 11-o‘rinni egallagandi. Shuningdek, jamoa ikki bor Italiya Kubogining chorak finaliga qadar yetib borgan.

Kiritildi: 09:11, 30.05.2026.
O'qildi: 314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик