«Barselona» juma oqshomida vinger Entoni Gordon bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Kataloniya klubining yangi a’zosi o‘z o‘yin uslubini Rafinyaniki bilan o‘xshash deb biladi.
«Men o‘zimni Rafinyaga qiyoslagan bo‘lardim, ayniqsa o‘yin intensivligi bo‘yicha. Ikkalamiz ham tezkor, texnikalimiz, himoya chizig‘i ortiga ochilishni yoqtiramiz va doimo gol urishga intilamiz.
Men unga juda o‘xshayman. Yamal va «Barselona»ning boshqa futbolchilari bilan birga o‘ynashdan mamnunman. Biz dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari haqida gapiryapmiz. «Nyukasl» safida ularga qarshi o‘ynaganimda, biz juda yaxshi harakat qilgandik. Yuqori pressing qildik, barchasini to‘g‘ri bajardik, ammo Pedri va de Yong rejalarimizni chippakka chiqarishgandi», — dedi Gordon taqdimot marosimida.
Eslatib o‘tamiz, Entoni Gordon «Barselona»ga «Nyukasl»dan ko‘chib o‘tdi.













