"Betis" vingeri Abde Ezzalzuli "Nyukasl" qiziqish doirasiga tushib qoldi. TEAMtalk xabariga ko‘ra, "qarg‘alar" 24 yoshli futbolchini 80 million yevro evaziga "Barselona"ga o‘tgan Entoni Gordonning o‘rnini bosish uchun eng asosiy variantlardan biri deb hisoblamoqda. Marokashlik futbolchining shartnomasida 60 million yevro miqdoridagi tovon puli belgilangan, biroq "Betis" o‘z yulduzini biroz arzonroqqa ham sotishi mumkin.
Ezzalzuli 2023 yildan beri sevilyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda — u o‘shanda "Barselona"dan sotib olingandi. O‘tgan mavsumda Abde "Betis" safida barcha turnirlarda 43 ta uchrashuv o‘tkazib, 15 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.













