Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yamal: «Gavi doimo meni uning rekordini yangilay olmasligimni aytadi»

Yamal: «Gavi doimo meni uning rekordini yangilay olmasligimni aytadi»

Baho:
+3 | -

«Barselona» vingeri Lamin Yamal klubdoshi Gavi bilan bo‘lgan bahs haqida gapirib berdi.

2022 yilda «ko‘k-anorranglilar» yarim himoyachisi Ispaniya terma jamoasi tarixidagi Jahon chempionatida gol urgan eng yosh futbolchiga aylangandi — u 18 yoshu 110 kunligida Kosta-Rika darvozasini ishg‘ol qilgan. Yamal yoshlar o‘rtasida ko‘plab rekordlarni o‘rnatgan bo‘lsa-da, Gavining bu natijasini yangilay olmaydi.

«Evro-2024 tugaganidan beri Gavi menga tinimsiz uning rekordini yangilay olmasligimni aytadi. Endi o‘ylayapmanki, men xet-trik qayd etishim kerak. O‘shanda Jahon chempionatida xet-trik qilgan eng yosh ispaniyalik futbolchiga aylanaman», — deya Laminning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline. (Yamal iyul oyida 19 yoshga to‘ladi).

Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Kiritildi: 12:36, 30.05.2026.
O'qildi: 720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик