Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Aliadyer: «Arsenal» himoyasi – Yevropada, APLda va Chempionlar ligasida katta farq bilan eng yaxshisi»

Aliadyer: «Arsenal» himoyasi – Yevropada, APLda va Chempionlar ligasida katta farq bilan eng yaxshisi»

Baho:
+ | -

Fransiyalik sobiq mashhur futbolchi Jeremi Aliadyer Chempionlar ligasi finali oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Bugun, 30 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan finalda «PSJ» va Londonning «Arsenal» klublari to‘qnash kelishadi.

«Arsenal» himoyasi – Yevropada, APLda va Chempionlar ligasida katta farq bilan eng yaxshisi. Agar «PSJ»ga nazar tashlasangiz, ularning hujum chizig‘i ham ancha kuchli, Yevropadagi eng yaxshilaridan biri, balki eng zo‘ridir. Bu «PSJ» hujumi va «Arsenal» himoyasi o‘rtasidagi shiddatli kurash bo‘lishidan darak beradi», — dedi ekspert.

Aliadyer faoliyatining bir qismi ushbu klub bilan bog‘liq bo‘lgani uchun «kanonirlar»ga muxlislik qilishini tan oldi. Eslatib o‘tamiz, «PSJ» va «Arsenal» joriy mavsumda o‘z milliy chempionatlarida oltin medallarni qo‘lga kiritishgan.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 14:27, 30.05.2026.
O'qildi: 521 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик