«Arsenal» «Lester Siti»ning 16 yoshli iqtidorli futbolchisi Djeremi Monga bilan shartnoma imzolash poygasida faollik ko‘rsatmoqda. Angliyaning boshqa jamoalari tomonidan qiziqishlar bo‘layotganiga qaramay, «kanonirlar» safida ushbu kelishuv muvaffaqiyatli yakunlanishiga bo‘lgan ishonch ortib bormoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Premyer-liganing yetakchi klublari e’tiboriga tushgan Monga, «Lester»ni Chempionshipdan tushib ketganidan so‘ng jamoani tark etishi kutilmoqda. Bu holat «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» kabi klublarni ham hushyor torttirgan va ular vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Monga faoliyatining hozirgi bosqichida chet elga ketishdan ko‘ra, Angliyada qolib rivojlanishni afzal ko‘rmoqda. Bu tanlov hozirda uni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan «Arsenal»ning foydasiga ishlashi mumkin.
Yakunlangan mavsumda futbolchi «Lester» safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, Monganing bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.













