Kirish Ro'yxatdan o'tish

Teo Uolkott Mikel Artetaning yetakchilik qobiliyatlariga baho berdi

Teo Uolkott Mikel Artetaning yetakchilik qobiliyatlariga baho berdi

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq hujumchisi Teo Uolkott jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan birga to‘p tepgan davrlarini yodga oldi va uning yetakchilik fazilatlarini yuqori baholadi. Uolkott va Arteta 2011 yildan 2016 yilgacha — besh yil davomida bir jamoada o‘ynashgan.

«Hamma gap uning mehnatga bo‘lgan munosabatida. Arteta doim shaxsiy namuna ko‘rsatardi va odatlar, ayniqsa, foydali odatlar borasida juda talabchan edi. Agar qaysidir futbolchi nimanidir qilishni xohlamasa, u bu ishning bajarilishini oxirigacha nazorat qilardi. Inson sifatida u juda xarizmatik. U klubga kelgan ilk kundanoq jamoa sardori bo‘lishini sezganman. Gap faqat bunda ham emas, balki uning o‘zini tutishida edi. Uning gaplariga doim quloq tutging kelardi.

U futbolchilar bilan til topishishni biladi. Bu aloqa shunchaki "murabbiy va futbolchi" o‘rtasida emas, balki ko‘proq shaxsiy darajada quriladi va bu juda katta yordam beradi. U mana shunday aloqalarni o‘rnata oladi. Men mashg‘ulot bazasiga borganimda, ostonadanoq juda ijobiy muhitni his qilaman», — deya Uolkottning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Bugun, 30 may kuni UYEFA Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Fransiyaning «PSJ» va Angliyaning «Arsenal» klublari to‘qnashadi. O‘yin Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni Daniel Zibert boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:03, 30.05.2026.
O'qildi: 164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик