Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Entoni Gordon «Barselona» muxlislariga murojaat qildi

Entoni Gordon «Barselona» muxlislariga murojaat qildi

Baho:
+4 | -

«Barselona»ning yangi futbolchisi Entoni Gordon «Nyukasl»dan amalga oshirilgan transferidan so‘ng «ko‘k-anorranglilar» muxlislariga bag‘ishlab post e’lon qildi.

«Salom, «Barselona» muxlislari! Bu yerda ekanimdan juda xursandman va faxrlanaman. Bu — amalga oshgan orzu. Har kuni ham bunday klub bilan shartnoma imzolamaysiz. Men bor kuchim bilan ishlayman va jamoaga ko‘plab sovrinlarni yutishda yordam beraman. «Barselona» safida o‘ynash qanday mas’uliyat ekanini bilaman, shu bois bu chaqiriqdan juda hayajondaman va unga tayyorman.

Men jamoadoshlarim va murabbiy bilan uchrashishni, bu yerda yangi bobni boshlashni intizorlik bilan kutyapman. Rafa Yuste, Joan Laporta, Deku va klubdagi barcha xodimlarga menga ishonch bildirganliklari va imkoniyat berganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, muxlislarga mehr va qo‘llab-quvvatlov uchun rahmat aytaman, sizlar uchun o‘ynashdan juda baxtiyorman. Olg‘a, «Barselona» va Olg‘a, Kataloniya!» — deb yozdi Gordon ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Kiritildi: 17:58, 30.05.2026.
O'qildi: 379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик