Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

Teo Uolkott: «Mikel Arteta «Arsenal»da butun boshli klub madaniyatini o‘zgartirdi»

Teo Uolkott: «Mikel Arteta «Arsenal»da butun boshli klub madaniyatini o‘zgartirdi»

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Teo Uolkott Mikel Artetaning londonliklar bosh murabbiyi sifatida olib borayotgan ishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bugun «kanonirlar» Chempionlar ligasi finalida «PSJ» bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

«Menimcha, u hukmronlikni davom ettiradi. Bunga ishonaman. U klubning butun boshli madaniyatini o‘zgartirdi. Ko‘p murabbiylarga vaqt, energiya va qo‘llab-quvvatlash yetishmaydi. Ammo «Arsenal» sabrli bo‘ldi», — dedi Uolkott.

Arteta bilan birga o‘ynagan paytlarini eslagan Teo shunday dedi: «Biz birga o‘ynaganimizda u o‘z mehnatsevarligi bilan ajralib turardi. U namuna ko‘rsatardi va doimo yaxshi odatlar borasida juda qattiqqo‘l edi. Ba’zida futbolchilar biror narsani qilishni istashmaganda, u buni albatta bajarishlarini kuzatib borardi. U juda maqsadli inson. Klubga kelganidayoq, uning sardor bo‘lishini bilgandim. U doimo odamlar tinglashni istagan inson bo‘lgan. U futbolchilar bilan til topisha oladi. Bu shunchaki murabbiy va o‘yinchi emas, balki insonlar o‘rtasidagi aloqa bo‘lib, bu juda ko‘p yordam beradi».

Shuningdek, Uolkott murabbiyning insoniylik jihatlariga ham to‘xtaldi: «Ba’zida u o‘zgarib qoladi. Bir gal men ta’tilga borganimda, u ham o‘sha yerda edi, bolalari bilan ajoyib vaqt o‘tkazayotgandi, ular bilan futbol o‘ynayotgandi».

Kiritildi: 20:32, 30.05.2026.
O'qildi: 130 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик