«Yuventus» Braim Diasga qiziqish bildirmoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Turin klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti «Real» yarim himoyachisini o‘z jamoasi tarkibida ko‘rishni istaydi.
Biroq «byankonerilar» hozircha faol harakatlarga o‘tmayapti, chunki ular Niko Pas bilan bog‘liq vaziyatni kutishmoqda. Agar argentinalik futbolchi «Komo»dan Madrid klubiga qaytadigan bo‘lsa, «Yuventus»ning Dias bilan shartnoma imzolash imkoniyatlari oshadi.
Joriy mavsumda Braim La Ligada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













