Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Luis Enrike «PSJ»dagi 12-sovrinini qo‘lga kiritdi

Luis Enrike «PSJ»dagi 12-sovrinini qo‘lga kiritdi

Baho:
+2 | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Parij klubidagi faoliyati davomida o‘n ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Parijliklar bugun ikkinchi marta ketma-ket Chempionlar ligasida g‘olib chiqishdi. Finalda «PSJ» «Arsenal»ni mag‘lub etdi (1:1, penaltilar seriyasida 4:3).

Fransiya klubida ishlagan uch yil davomida Enrike uch marta mamlakat chempionati va Superkubogini, ikki martadan Fransiya kubogi va Chempionlar ligasini, shuningdek, UYEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, «PSJ» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi.

«Barselona»dagi faoliyatini hisobga olganda, Enrikening murabbiylik karyerasida jami 21 ta sovrin mavjud. Kataloniyaliklar bilan u uch marta Ispaniya kubogi, ikki marta La Liga, bir martadan Ispaniya Superkubogi, Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

«Roma», «Selta» va Ispaniya terma jamoasida Luis sovrin yuta olmagan.

Kiritildi: 00:24, 31.05.2026.
O'qildi: 793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик