«PSJ» hujumchisi Dezire Due Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi kechgan g‘alabali Chempionlar ligasi finali yakunlarini sarhisob qildi. Parijliklar penaltilar seriyasida (4:3) ustun kelishdi, asosiy va qo‘shimcha vaqtlar esa durang (1:1) bilan yakunlandi.
«Biz juda ham faxrlanamiz. Bu haqiqatan ham kuchli jamoaga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ldi. Biz bundan yaxlit bir oila sifatida zavqlanishimiz kerak, chunki biz bunga loyiq edik», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi TNT Sports.
«Men har bir penaltini ijro etayotganda xotirjamlikni saqlashga harakat qilaman. Men gol urdim, bu shunchaki ajoyib. Biz kamtarlikni saqlashimiz kerak va mehnat qilishda davom etamiz. Biz yanada ko‘prog‘ini xohlaymiz. Biz yoshmiz, g‘alabalarga chanqoqmiz va ambisiyalarimiz yuqori», — deya qo‘shimcha qildi Due.
«PSJ» ketma-ket ikkinchi bor ushbu turnir g‘olibiga aylandi.













