«PSJ» Chempionlar ligasi finalida 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida «Arsenal»ni mag‘lub etdi. Parij jamoasi yarim himoyachisi Joau Nevesh o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
«Hissiyotlar jo‘sh urmoqda. Men ikkinchi bor Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandim. Meni nafaqat g‘alabaning o‘zi, balki mana shunday sheriklar, mana shunday murabbiylar shtabi va rahbariyat bilan birga ekanligim quvontiradi. Bu yerga o‘tish hayotimdagi eng to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Menga hamma narsa juda yoqyapti. Biz g‘alabaga loyiq edik, chunki «PSJ» futbol o‘ynashni xohlagan yagona jamoa bo‘ldi», — deya Neveshning so‘zlarini keltiradi L’Equipe nashri M6 kanaliga tayanib.













