Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Endrik Joze Mourinyoning ishonchini qozonmoqda

Endrik Joze Mourinyoning ishonchini qozonmoqda

Baho:
+ | -

«Real»ning ehtimoliy bosh murabbiyi Joze Mourinyo Endrikni kelasi mavsumda jamoa tarkibida ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli braziliyalik hujumchi nafaqat madridliklarning yangi murabbiyi, balki klub rahbariyatining ham uzoq muddatli rejalariga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Endrik mavsumning ikkinchi yarmini Fransiyaning «Lion» klubida ijara asosida o‘tkazib, o‘zini yorqin ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgandi. Fransuz jamoasi safida hujumchi barcha turnirlarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Braziliyalik futbolchi terma jamoaning jahon chempionati uchun qaydnomasiga ham kiritilgan.

Kiritildi: 08:26, 31.05.2026.
O'qildi: 402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик