Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Finalda «PSJ» jamoasi 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida (4:3) «Arsenal»dan ustun keldi. Parij klubi o‘z tarixida ikkinchi bor va ketma-ket ikkinchi yil «quloqli kubok»ni qo‘lga kiritdi.
Kilian Mbappe Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purariga aylandi. «Real» hujumchisi o‘z hisobiga 15 ta gol yozdirib qo‘ydi. «Qaymoqranglilar» turnirning 1/4 final bosqichidayoq «Bavariya»ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etganiga qaramay, hech kim Mbappedan o‘zib keta olmadi.
Qit’aning eng nufuzli klublar o‘rtasidagi turnirida ikkinchi eng yaxshi to‘purar «Bavariya» forvardi Luis Dias bo‘ldi, u raqiblar darvozasini 14 bor ishg‘ol qildi.













