«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelaifiy Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:1, penaltilar seriyasida 4:3) bosh murabbiy Luis Enrikening kelajagi haqida fikr bildirdi.
«U eng yaxshi murabbiy. Men bu savolga (kelajagi haqida) aniq javob bera olmayman, lekin men haqiqatdan ham aminmanki, gap loyihada qolgan va u ushbu loyiha uchun eng munosib nomzoddir», — deya Al-Xelaifiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC.
«PSJ» Chempionlar ligasida ketma-ket ikki mavsum g‘olib chiqqan tarixdagi ikkinchi klubga aylandi.
Luis Enrike 2023 yildan buyon «PSJ»ni boshqarib kelmoqda. Mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Avvalroq Luis Enrike Yevropaning eng nufuzli klub turnirining uch karra g‘olibiga aylangani haqida xabar berilgan edi. Chempionlar ligasida undan ko‘proq g‘alabaga faqat Karlo Anchelotti erishgan.













