Futbolchi Serxio Ramos o‘zining sobiq jamoasi — Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan «PSJ»ning muvaffaqiyatiga munosabat bildirdi. Yevropaning eng nufuzli klub turniri finalida Luis Enrike jamoasi «Arsenal»dan ustun keldi (1:1 hisobidan so‘ng penaltilar seriyasida 4:3).
«Ketma-ket ikkinchi yil chempion! Tabriklayman, «PSJ»!» — deb yozdi Ramos ijtimoiy tarmoqlarda.
Serxio Ramos 2021-2023 yillar davomida «PSJ» sharafini himoya qilgan. O‘sha davr mobaynida ispaniyalik himoyachi 58 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.













