"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado yaqin oylar ichida jamoani tark etishi mumkin. 22 yoshli futbolchi o‘z kelajagi haqida o‘ylashni davom ettirmoqda – yakuniy qaror tez orada qabul qilinishi kutilmoqda.
Jurnalist Ferran Martinesning xabar berishicha, kuni kecha agent Jorje Mendesh Kasadoning xizmatlarini yangi klub – "Monako"ga taklif qilgan. Tomonlar ispaniyalik futbolchining ehtimoliy o‘tishini murabbiy Filipe Luis bo‘yicha olib borilgan muzokaralar chog‘ida muhokama qilishgan.
Avvalroq Mark Kasadoning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Futbolchining "Barselona" bilan mehnat shartnomasi ikki yildan so‘ng yakuniga yetadi, uning transfer qiymati esa Transfermarkt bahosiga ko‘ra 20 million yevroni tashkil etadi.













