Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Manchester Yunayted» Rafael Leauni qo‘lga kiritmoqchi

«Manchester Yunayted» Rafael Leauni qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

«Milan»ning qanot hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli portugaliyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Milan» jamoasi Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng, vingerni arzonlashtirilgan narxda sotishga tayyorligi aytilmoqda. Transfer summasi taxminan 50 million yevroni tashkil etishi mumkin.

Leau o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:12, 31.05.2026.
O'qildi: 596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик