Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

APL top-klubi Konatedan voz kechdi

APL top-klubi Konatedan voz kechdi

Baho:
+2 | -

«Liverpul» markaziy himoyachisi Ibraima Konate «Chelsi»ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, himoyachi yaqin orada erkin agentga aylanishiga qaramay, «Chelsi» uni sotib olish fikridan qaytgan. «Ko‘klar» rahbariyati ehtimoliy transferni muhokama qilib, futbolchining maosh borasidagi talablari haddan tashqari yuqoriligi sababli uni taklif qilish variantini istisno etdi.

Konatega nisbatan «PSJ», «Bavariya» va «Real» klublarida hamon qiziqish saqlanib qolmoqda. Yakunlangan mavsumda 27 yoshli fransuz barcha musobaqalarni inobatga olganda 51 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Konatening bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi

Kiritildi: 15:01, 31.05.2026.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик