Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Barselona» «Malyorka» futbolchisini qaytarib olishi mumkin (mish-mishlar)

«Barselona» «Malyorka» futbolchisini qaytarib olishi mumkin (mish-mishlar)

Baho:
+ | -

«Malyorka» qanot hujumchisi Xan Virxili «Barselona»ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Alfredo Martines xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» 19 yoshli futbolchini 7,2 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqidan foydalanishni ko‘rib chiqmoqda. «Malyorka» La Ligadan tushib ketgani sababli, Virxilining shartnomasidagi tovon puli 30 milliondan 12 million yevrogacha pasaygan, bu esa o‘z navbatida qayta sotib olish summasining ham kamayishiga olib kelgan.

Ta’kidlanishicha, «Barselona» Virxilini sotib olib, keyinchalik uni qimmatroq narxga sotib yuborish yoki boshqa biror transfer kelishuviga qo‘shish uchun foydalanishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda vinger barcha musobaqalarda jami 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 15:15, 31.05.2026.
O'qildi: 845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик