Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Real» prezidenti Mbappe va Vinisiusning birga o‘ynay olmasligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi

«Real» prezidenti Mbappe va Vinisiusning birga o‘ynay olmasligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -2

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres hujumchilar Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning maydonda bir-biriga mos kelmasligi haqidagi qarashlarga qo‘shilmasligini aytdi.

— Vinisius va Mbappe birga o‘ynay olmaydi, degan gaplarni eshitganda nima deb o‘ylaysiz?

— Bu shunchaki bema’nilik. Ularning ikkalasi ham dunyoning eng zo‘r futbolchilari. Vinisius biz uchun ikkita Chempionlar ligasini yutib berdi. Ammo haddan tashqari kibrlanib ketmaslik kerak. Chempionlar ligasini har yili yutish mumkin degan g‘oya kulgili. Hech kim hech qachon 10 yil ichida 6 marta bu musobaqada g‘olib chiqmagan, — dedi Peres El Pais nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq El Mundo nashri «Qirollik klubi» Mbappe, Vinisius, shuningdek, yarim himoyachi Jud Bellingemni sotish niyatida emasligi haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 15:23, 31.05.2026.
O'qildi: 414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик