Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres 30 may, shanba kuni Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tgan «Pushkash Arena» stadionining VIP-lojasida UYEFA rahbari Aleksander Cheferin bilan uchrashdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Peres Cheferinni «qaymoqranglilar» uch yil davomida tayyorlagan 500 sahifalik hakamlik xatolari haqidagi hisobot unga yuborilishidan ogohlantirgan.
Ta’kidlash joizki, 28 may, payshanba kuni «Real» prezidenti o‘z intervyusida Chempionlar ligasi finalida Cheferinga «Barselona»dan pora olganlikda gumon qilinayotgan Hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Negreyra ishi bo‘yicha materiallarni topshirishini ma’lum qilgan edi.













